Viktorina

📚2026-yil 25-avgust kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yosh kitobxonlar o‘rtasida navbatdagi qiziqarli viktorina o‘yini tashkil etildi. Viktorinada atoqli bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Peshonasiga televizor yopishgan bola” asari asosida qiziqarli va mazmunli savollar berildi. Yosh kitobxonlar asar mazmuni, undagi qahramonlar hamda adibning ijodiy faoliyati yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar savollarga faol javob berib, asar yuzasidan o‘z fikr va taassurotlarini bildirdilar. Ayniqsa, asardagi voqealar va qahramonlarning xarakteri haqida qizg‘in bahs-munozaralar tashkil etilib, yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi. Bunday intellektual tadbirlar yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.