🗣️Joriy yilning 25-avgust kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan G‘alaba MFY yoshlari ishtirokida “O‘zbek tarixiy romanlari” nomli bibliografik sharh o‘tkazildi. 🗣️Tadbir davomida o‘zbek adabiyotining nodir durdonalari, tarixiy voqealar va xalqimizning milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi mashhur romanlar haqida yoshlarга ma’lumot berildi. Bibliografik sharh davomida Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” hamda Said Ahmadning “Ufq” romanlari qisqacha sharhlab berildi. Sharh jarayonida har bir asarning mazmun-mohiyati, unda aks etgan tarixiy voqealar, qahramonlar taqdiri va asarlarning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Yoshlar ushbu asarlarni mutolaa qilishga qiziqtirildi hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan mehrni yanada kuchaytirish maqsadida tavsiyalar berildi.