📚Joriy yilning 24-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mustaqillik” mahallasi hududida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqaroga kutubxona xizmatlari tashkil etildi. ‼️Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — aholining barcha qatlamlarini, jumladan, imkoniyati cheklangan fuqarolarni ham kitob va axborot resurslaridan bahramand bo‘lish imkoniyati bilan ta’minlash, ularning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda kutubxona xizmatlarini bevosita fuqarolar xonadoniga yetkazishdan iborat. Tashrif davomida kutubxona xodimlari tomonidan fuqaroning qiziqishlari va mutolaa ehtiyojlari o‘rganilib, unga mos adabiyotlar tavsiya qilindi. Shuningdek, kutubxona fondidagi badiiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ommabop adabiyotlar haqida ma’lumotlar berilib, kitob mutolaasining inson dunyoqarashi va ma’naviy olamini boyitishdagi ahamiyati haqida suhbat o‘tkazildi.