Davra suhbati

📚Joriy yilning 24-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Mirzacho‘l tuman 1-son texnikumining ziyoli, ma’rifatparvar o‘qituvchi ayollari ishtirokida “Ma’rifatli ayol — kelajak avlod qanoti” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi. 🌿 Tadbirning asosiy maqsadi — ayollarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, ularning ilm-ma’rifatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish hamda yosh avlod tarbiyasida ma’rifatli ayolning muhim rolini ta’kidlashdan iborat bo‘ldi. 📖 Davra suhbatida kitob — inson tafakkurini boyituvchi, ma’naviyatini yuksaltiruvchi va kelajak sari yo‘l ko‘rsatuvchi bebaho manba ekani haqida fikrlar bildirildi. Tadbir davomida ziyoli ayollar o‘z fikr-mulohazalari, hayotiy tajribalari va kitob mutolaasining inson kamolotidagi ahamiyati bilan o‘rtoqlashdilar. Ishtirokchilar tomonidan bugungi kunda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlikka jalb qilish borasida takliflar bildirildi.