Joriy yilning 21-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan obodonlashtirish xodimlari uchun “Mutolaa madaniyati — yuksalish omili” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan badiiy adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-ommabop kitoblar o‘rin oldi. Tadbir davomida kitob mutolaasining inson dunyoqarashini kengaytirish, bilim va tafakkurini boyitish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Ishtirokchilarga kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va muntazam mutolaa qilishning foydali jihatlari haqida tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishdilar.