📚Joriy yilning 2026-yil 21-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay oʻqiymiz” loyihasi doirasida targʻibot ishlari olib borildi. Tadbir davomida fuqarolarga kutubxonaga a’zo bo‘lish, kutubxona fondidan samarali foydalanish, o‘zlari qiziqqan badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek aholining kutubxona xizmatlaridan yanada qulay va faol foydalanishlari mumkinligi tushuntirildi. Targ‘ibot jarayonida kitobning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni, muntazam mutolaaning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Aholi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kutubxona xizmatlari haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 📖 Kitob — ma’naviyat manbai, kutubxona esa bilim va tafakkur maskanidir!