Ko'rgazma

📚KITOB — MA’NAVIYAT VA ZIYONING MANBAI!📅 Joriy yilning 20-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “O‘zbekiston” mahallasi hududida istiqomat qiluvchi ayol-qizlar ishtirokida"Ilimli ayol -Yuksak kelajak sari" nomli kitob ko‘rgazmasi va kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi. ‼️Tadbir davomida ishtirokchilarga turli mavzulardagi badiiy, ma’rifiy, tarixiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar namoyish etildi. Kitobxonlikning inson ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. 👩‍🦰 Ayniqsa, ayol-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni muntazam mutolaaga jalb qilish, kitob o‘qish orqali bilim va ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌱 Kitobxon ayol — ma’rifatli oila, ziyoli avlod va farovon jamiyat poydevoridir! 📚 Tadbir yakunida ishtirokchilarga kutubxona fondidagi yangi va qiziqarli adabiyotlar tavsiya etilib, kitob mutolaasini kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga chaqirildi.