Ko'rgazma

📚Joriy yilning 2026-yil 20-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Ochiq osmon ostida kutubxona” loyihasi doirasida “Tabiat qo‘ynida mutolaa” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada turli janrdagi badiiy adabiyotlar, bolalar adabiyotlari, jahon va o‘zbek adabiyotining sara namunalari oʻrin oldi. Tadbirning asosiy maqsadi — aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ularning dunyoqarashi va ma’naviy olamini boyitishdan iborat. Ochiq osmon ostida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazma ishtirokchilarga tabiat qo‘ynida kitob mutolaa qilish, o‘zlari uchun qiziqarli adabiyotlarni tanlash va kitobxonlikning zavqini his etish imkonini beradi. 📖 Kitob — insonning eng yaqin do‘sti, mutolaa esa qalb va tafakkur ozuqasidir! Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan bunday ma’rifiy tadbirlar aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va mutolaa muhitini shakllantirish maqsadida muntazam davom ettiriladi.