🖥2026-yil 20-avgust kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l tumanidagi 1-son texnikumida “Yoshlar siyosati va boshqaruvda yoshlar ishtiroki kuni” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishga keng jalb qilish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda qaror qabul qilish jarayonlarida yoshlarning ishtirokini yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda O‘zXDPdan saylangan 12-“Bunyodkor” saylov okrugi deputati A. Namozova hamda sohada faoliyat olib borayotgan tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mahalliy Kengashlar faoliyatida yoshlarning ishtirokini ta’minlash hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarni qaror qabul qilish jarayonlariga faol jalb etish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari a’zolari va Yoshlar parlamenti vakillari bilan hamkorlikni kuchaytirish, yoshlarning taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.