📚Joriy yilning 19-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mustaqillik” MFY hududida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqaro Karimov Abdulhamid Tojiboyevich xonadoniga tashrif amalga oshirildi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqaroni holidan xabar olish, unga ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Suhbat davomida kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, ma’naviy dunyoqarashni boyitish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, tashrif davomida kutubxona fondidagi turli janrdagi badiiy adabiyotlar haqida ma’lumot berilib, kitobxonlikni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.