📚Joriy yilning 19-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston mahallasining faol kitobxon onalari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 🎓 Tadbirning asosiy maqsadi — kitobxon onalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va dunyoqarashini yanada kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilishdan iborat. 🧠 Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv davomida ishtirokchilarga adabiyot, tarix, ma’naviyat, madaniyat, san’at va umumiy bilimlarga oid turli savollar berildi. Kitobxon onalar o‘z bilimlari, topqirligi, zukkoligi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. 📖 Ayniqsa, tadbir davomida kitob mutolaasining inson tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Zero, kitobxon ona — oiladagi ma’naviy muhitni yuksaltiruvchi, farzandlariga ilm va ezgulik sari yo‘l ko‘rsatuvchi eng muhim tarbiyachidir.