Koʻchma kutubxona

📚Joriy yilning 19-avgust kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bogʻbon” mahallasida joylashgan “Sihat Salomatlik Farm” MCHJga qarashli shaxsiy kutubxona fondi yangi badiiy adabiyotlar bilan yangilandi. ‼️Tadbir davomida kutubxona fondiga kitobxonlarning maʼnaviy-maʼrifiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan, mazmunan boy va qiziqarli badiiy adabiyotlar jamlanmasi qoʻshildi. Yangi adabiyotlar kitobxonlarning mutolaa doirasini kengaytirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.Shuningdek, kutubxona fondini muntazam ravishda yangi nashrlar bilan boyitish, aholining kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish va mutolaa muhitini shakllantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.