Davra suhbati

📚Joriy yilning 18-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda “Kelajak” markazi yoshlari ishtirokida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ta’tilda mutolaa zavqi” nomli davra suhbati tashkil etildi. ‼️ Tadbir davomida kitobning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi beqiyos o‘rni, yoshlar hayotida mutolaaning ahamiyati hamda bo‘sh vaqtni foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirish haqida mazmunli suhbat olib borildi.Yoshlar o‘zlari sevib mutolaa qilayotgan kitoblari, sevimli adiblari va asarlari haqida fikr almashib, kitob o‘qish orqali bilim va tafakkurni kengaytirish borasidagi qarashlarini bildirdilar. Shuningdek, ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish, muntazam kitob mutolaa qilish va kitobxonlikni kundalik hayot tarziga aylantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish hamda barkamol, bilimli va ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.