📚 Joriy yilning 18-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mustaqillik” mahallasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondidagi adabiyotlar yangilandi. Tadbir davomida ko‘chma kutubxona fondi yangi badiiy, ma’rifiy adabiyotlar bilan boyitildi. Kitobxonlarning qiziqishlari va yosh toifasidan kelib chiqib, turli janrdagi kitoblar tanlab joylashtirildi. 📖 Ko‘chma kutubxonani yangilashdan asosiy maqsad — mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat. Yangilangan adabiyotlar mahalla aholisi uchun yanada qulay va mazmunli mutolaa imkoniyatini yaratadi. Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va ma’naviy kamolot manbai!