So'rovnoma

📚Joriy yilning 17-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Gulzor” MFY hududida istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, aholining mutolaa borasidagi qiziqishlari va ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma tashkil etildi. ‼️So‘rovnoma davomida fuqarolarning qaysi mavzudagi kitoblarni ko‘proq mutolaa qilishi, bo‘sh vaqtida kitob o‘qishga ajratadigan vaqti, kutubxona xizmatlaridan foydalanish darajasi hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlari o‘rganildi. Shuningdek, kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar, turli janrdagi asarlar va zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari haqida ma’lumotlar berildi. Mazkur so‘rovnoma natijalari aholining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada chuqurroq o‘rganish va kelgusida ular uchun mazmunli kitob targ‘iboti tadbirlari, ko‘rgazmalar hamda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.