Koʻchma kutubxona

🖥Joriy yilning 17-avgust kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-son texnikum kutubxonasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilandi. 🗣️Mazkur sayyor tadbir doirasida ko‘chma kutubxona fondi foydalanuvchilarning talab va istaklariga muvofiq ravishda yangilanib, turli yoshdagi kitobxonlar uchun badiiy hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan boyitildi.Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilar va mahalla aholisida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.