Mirzacho‘l tumanida “Ombudsman maktabi”: inson huquqlari va qonuniylik — barqaror taraqqiyot asosi 📚2026-yilda Mirzacho‘l tuman 2-son texnikumida “Inson huquqlari va qonuniylik — barqaror taraqqiyot asosi” mavzusida “Ombudsman maktabi” doirasida ma’rifiy-huquqiy tadbir o‘tkazildi.Tadbir doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Ilm xazinasi — kitob” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. ‼️Ko‘rgazmadan o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, mashhur adib va shoirlarning asarlari, roman, qissa, hikoya hamda boshqa badiiy adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir ishtirokchilari ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, kitoblarning mazmuni, mualliflari va kutubxona tomonidan kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot oldilar. Tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili — Ombudsman Feruza Eshmatova, Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Normurodova, tuman hokimi Botirjon Mirzakulov, viloyat va tuman darajasidagi mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahallalar faollari, nuroniylar, pedagoglar hamda yoshlar ishtirok etdi. Mazkur ko‘rgazmada 100 dan ortiq ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otib, kitob mutolaasining inson kamoloti, ma’naviy yuksalishi va bilim salohiyatini oshirishdagi beqiyos o‘rni yana bir bor e’tirof etildi.