Davra suhbati

📚Joriy yilning 14-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida “Jamiyat barqarorligiga tahdid” shiori ostida “Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqiy madaniyatning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti va barqarorligiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda huquqiy bilim va huquqiy madaniyatning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunlarga hurmat bilan yondashish va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekanligi ta’kidlandi.