🖥2026-yil 14-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Bolalar va o‘smirlar sport maktabi to‘garak a’zolari ishtirokida “Qiziqarli kutubxonada” nomli sayohat tashkil etildi. 🗣️Sayohat davomida yosh ishtirokchilarga axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitob fondi, o‘quv zallari, elektron resurslar, bibliografiya xizmati hamda o‘lkashunoslik burchagi haqida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlarga o‘lkashunoslik adabiyotlari hamda o‘lkamiz ijodkorlarining she’riy to‘plamlari tanishtirilib, ularning mazmun-mohiyati hamda fondlarni saqlash xizmatida kitoblarni to‘g‘ri joylashtirish, ularni asrash va hisobga olish jarayonlari haqida tushunchalar berildi. Sayohat davomida bolalarning kutubxona, kitob va zamonaviy axborot resurslariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni muntazam kitob mutolaasiga jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.