Davra suhbati

📚Joriy yilning 14-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasida “Kitobxon ona — kitobxon bola” loyihasi doirasida “Kitob — ona va bola qalbini bog‘lovchi ko‘prik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ‼️Davra suhbatida kitob mutolaasining oila muhitidagi ahamiyati, ona va bolaning birgalikda kitob o‘qishi, farzandlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda mutolaa orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish haqida fikr almashildi. Tadbir davomida onalarga farzandlari bilan birgalikda kitob mutolaa qilish, badiiy asarlarni tanlash va kitobxonlikka mehr uyg‘otish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalari bilan faol qatnashdilar. Tadbir yakunida kitob — ona va bola o‘rtasidagi mehr, ma’naviyat va ezgulikni mustahkamlovchi bebaho ko‘prik ekanligi ta’kidlandi.