Ko'rgazma

Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida atoqli o‘zbek adibi, tarixiy qissalar ustasi Mirkarim Osim tavalludining 119 yilligi munosabati bilan rasmli kitoblar ko‘rgazmasi burchagi tashkil etildi. 📖 Ko‘rgazmadan adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’lumotlar, asarlari hamda ijodiy faoliyatini aks ettiruvchi kitoblar o‘rin olgan. Mirkarim Osim o‘zining tarixiy-badiiy asarlari orqali yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosini e’zozlash ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shgan. ✨ Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarni adibning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, uning asarlarini mutolaa qilishga chorlash hamda tariximizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.