📚"Tarixni badiiy gavdalantirgan adib — Mirkarim Osim" Joriy yilning 14-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar ishtirokida o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri, tarixiy mavzudagi asarlari bilan kitobxonlar mehrini qozongan adib Mirkarim Osim tavallud topgan kuniga bag‘ishlab “Tarixni badiiy gavdalantirgan adib — Mirkarim Osim” nomli davra suhbati tashkil etildi. ‼️Davra suhbatida adibning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek tarixini badiiy asarlar orqali yoritishdagi mahorati haqida so‘z yuritildi. Mirkarim Osimning tarixiy shaxslar va voqealarni tasvirlashdagi o‘ziga xos uslubi, asarlarining yosh avlod ma’naviy dunyosini boyitishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Tadbir davomida yosh kitobxonlar adibning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar bilan tanishib, uning asarlaridan parchalar o‘qidilar. Ishtirokchilarga Mirkarim Osim asarlarini mutolaa qilish tavsiya etildi. Davra suhbati yoshlarni tariximizni chuqur o‘rganish, milliy adabiyotimizga hurmat va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.