🖥2026-yil 13-avgust kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-son texnikumida xotin-qizlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ayollar hayotiga oid adabiyotlarni keng targ‘ib etish maqsadida “Kitob sahifalarida ayol qalbining nafis olami” nomli bibliografik sharh o‘tkazildi. 🗣️Tadbir davomida ayollar qalbi, ruhiyati, oiladagi o‘rni, hayotdagi maqsad va intilishlari, shaxsiy rivojlanishi hamda ma’naviy kamolotiga bag‘ishlangan badiiy, psixologik va ilmiy-ommabop adabiyotlar ishtirokchilarga tanishtirildi. Bibliografik sharh jarayonida kitoblarning mazmun-mohiyati, mualliflari va kitobxonlar uchun ahamiyati haqida ma’lumotlar berilib, mutolaaning inson, ayniqsa, ayol qalbining nozik kechinmalarini anglash, hayotga teranroq nazar bilan qarash va ma’naviy boyishdagi o‘rni ta’kidlandi.