Payshanba-Yoshlar kuni

📚Joriy yilning 13-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Yoshlar kuni"munosabati bilan “Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni” doirasida kitobxonlar ishtirokida “Navoiy va Rumiy merosi — qalblarga nur, avlodlarga ibrat” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi. ‼️Tadbir davomida buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiyning boy ma’naviy-adabiy merosi, insonparvarlik, ezgulik, ilm-ma’rifat va komillikka chorlovchi g‘oyalari haqida so‘z yuritildi. Kitobxonlarga allomalar hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar berilib, ularning bebaho asarlari yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati ta’kidlandi. Adabiy kecha davomida o‘quvchilar tomonidan Navoiy va Rumiy ijodiga oid she’rlar, hikmatli so‘zlar hamda adabiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, kitobxonlikka qiziqish hamda buyuk ajdodlar merosini chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishni yanada oshirdi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.