📚“Zakovat — bilimdonlar bellashuvi” Joriy yilning 13-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Yoshlar kuni" munosabati bilan "Kelajak" markazi o‘quvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. ‼️Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvda o‘quvchilar o‘zlarining bilim va dunyoqarashi, mantiqiy fikrlashi hamda tezkor javob berish qobiliyatlarini namoyon etdilar. Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, jamoaviy hamkorlikda o‘zaro bellashdilar. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan hamda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli jamoalar rag‘batlantirildi. Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.