📚Joriy yilning 12-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasidagi 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Kitob o‘qigan avlod — kelajak bunyodkori” mavzusida targ‘ibot ishlari olib borilib davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning foydasi, kitob o‘qish orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish haqida sodda va qiziqarli tarzda tushunchalar berildi. Tarbiyalanuvchilarga yoshiga mos ertak va bolalar adabiyotlari namunalari tanishtirilib, ularni kitob o‘qishga mehr qo‘yish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va kutubxonadan unumli foydalanishga chaqirildi. Davra suhbati davomida bolajonlar o‘zlari sevib o‘qiydigan ertak va kitoblari haqida fikr bildirdilar. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda, qiziqarli savol-javoblar asosida o‘tkazildi. Mazkur targ‘ibot tadbiri yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni bolalikdan rivojlantirishga xizmat qiladi.