📚2026-yil 12-avgust kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mustaqillik mahallasida joylashgan “Kelajak markazi”da yosh kitobxonlar ishtirokida “Kitobga oshno qalblar” nomli bolalar adabiyotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan bolajonlarning sevimli ertaklari, bolalar uchun mo‘ljallangan qiziqarli badiiy asarlar va rang-barang kitoblar o‘rin oldi. Tadbir davomida yosh kitobxonlar ertak kitoblari bilan tanishib, ertaklarning mazmun-mohiyati, ularda aks etgan ezgulik, do‘stlik, mehr-oqibat, halollik va yaxshilik kabi insoniy fazilatlar haqida suhbatlashdilar. Ertaklar bolalarning tasavvur olamini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi, yaxshilik va yomonlikni farqlashga, ezgu fazilatlarni qadrlashga o‘rgatadi. Shu bois bolalikdan kitob va ertaklarga mehr uyg‘otish yosh avlod ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi