Davra suhbati

📚Joriy yilning 11-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasi aholisi ishtirokida “Xalq og‘zaki ijodida ayollar timsoli” loyihasi doirasida “Xalq og‘zaki ijodida ayol — mehr, matonat va sadoqat timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ‼️Tadbir davomida xalq og‘zaki ijodining ertak, doston, maqol, matal va rivoyatlarida ayol obrazining o‘ziga xos talqini haqida fikr-mulohazalar bildirildi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida ayollar timsolida onalik mehri, oilaga sadoqat, sabr-toqat, aql-zakovat, jasorat va matonat kabi yuksak insoniy fazilatlar aks etishi ta’kidlandi. Suhbat jarayonida ishtirokchilar o‘zlari bilgan xalq dostonlari, ertak va maqollarda uchraydigan ayol obrazlari haqida fikr almashdilar. Shuningdek, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat, ona va ayol zotiga ehtirom ruhida tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodining ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Davra suhbati qiziqarli fikr-mulohazalar va samimiy muloqotlar asosida o‘tkazildi. Tadbirda 10 nafar ishtirokchi qatnashdi