Joriy yilning 11-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasidagi 9-maktabda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona adabiyotlari almashtirildi. Ko‘chma kutubxona fondi o‘quvchilarning qiziqishlari va yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari bilan yangilandi. Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.