Uch_avlod_uchrashuvi

📚Joriy yilning 2026-yil 11-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bolalar va o‘smirlar sport maktabining murabbiylari hamda yoshlar ishtirokida “Avlodlar davomiyligi — millat kelajagi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 💬 Tadbir davomida yosh avlodga milliy qadriyatlar, ajdodlar merosi, kitobxonlik madaniyati va hayotiy tajribaning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Sport maktabi murabbiylari o‘zlarining erishgan yutuqlari, hayotiy tajribalari hamda mutolaa qilgan kitoblari haqida yoshlarga so‘zlab, kitob o‘qish inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishidagi muhim omil ekanligini ta’kidladilar. 🤎 Samimiy suhbatlar davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar. 🌱 Zero, bugungi bilimli, ma’rifatli va vatanparvar yoshlar — ertangi kunning munosib davomchilaridir. Avlodlar tajribasi, kitob va ma’rifat uyg‘unligi esa millat kelajagining mustahkam poydevoridir!