irzacho‘l tumanida yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, aholi va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida mini-futbol bo‘yicha tuman turniri o‘tkazildi. Musobaqada tumandagi 8 ta tashkilot va muassasalarning ijtimoiy soha xodimlaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdilar. Qizg‘in va murosasiz,soʼzsiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, faxrli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi: 🥇-o‘rin: Tuman Tibbiyot birlashmasi jamoasi — chempionlikni qo‘lga kiritib, musobaqa g‘olibiga aylandi. 🥈-o‘rin: Axborot-kutubxona markazi jamoasi — yuqori tayyorgarlik namoyish etib, ikkinchi o‘rinni egalladi. 🥉-o‘rin: Milliy gvardiya bo‘linmasi jamoasi — kuchli uchlikdan joy olib, bronza medaliga ega chiqdi. Turnir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar topshirildi. Bu kabi sport tadbirlari xodimlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashga va sportni ommalashtirishga xizmat qiladi.