Joriy yilning 10-avgust kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlar ishtirokida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, yozuvchi Erkin Malik tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Erkin Malik — kitobxonlar mehrini qozongan adib” mavzusida ma’rifat soati tashkil etildi. Tadbir davomida Erkin Malikning hayoti va sermahsul ijodiy faoliyati, o‘zbek bolalar adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi. Adibning “Ular mening do‘stlarim”, “Qirq ikki og‘ayni”, “O‘qilmagan sahifalar”, “Subhidam hikoyalari”, “Champo otli ilon” kabi asarlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, kitobxonlar yozuvchining asarlaridan namunalar bilan tanishib, uning ijodida ilgari surilgan ezgulik, do‘stlik, insoniylik va ma’naviy qadriyatlar haqida fikr almashdilar. Ma’rifat soati davomida Erkin Malikning boy ijodiy merosi yosh avlodni kitobsevarlikka, ezgu fazilatlarga va ma’naviy kamolotga undashi alohida ta’kidlandi.