📚Joriy yilning 10-avgust kuni Mirzacho‘l tumani Axborot-kutubxona markazida taniqli yozuvchi va jurnalist Erkin Malik tavalludining 85 yilligi munosabati bilan “Erkin Malik asarlari — yosh kitobxonlar qalbida” nomli kitob ko‘rgazmasi va ko‘rgazma burchagi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan adibning turli yillarda nashr etilgan “Ular mening do‘stlarim”, “Qirq ikki og‘ayni”, “O‘qilmagan sahifalar”, “Ona shahrim — Toshkentim”, “Subhidam hikoyalari”, “Champo otli ilon”, “Chumolilar saltanati”, “Nabiralarimga maktublar” kabi asarlari o‘rin oldi.Mazkur ko‘rgazma yosh avlodni o‘zbek adabiyotining sara namunalarini mutolaa qilishga, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga hamda taniqli adiblar ijodini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.