Payshanba-Yoshlar kuni

🖥2026-yil 25 iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 3-maktab o‘quvchilari ishtirokida "Yoshlar kuni" munosabati bilan “Gadjetlarsiz bir kun – kitob bilan mazmunli hayot” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda mobil telefon va boshqa gadjetlardan me’yorida foydalanishning ahamiyatini tushuntirishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida mutaxassislar kitob mutolaasining inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, yoshlar bilan gadjetlarga haddan tashqari bog‘lanishning salbiy oqibatlari va kitob o‘qishning foydali jihatlari yuzasidan fikr almashildi.