Davra suhbati

2026-yil 25-iyun kuni Mirzachoʻl tumani kutubxona markazi xodimlari ishtirokida “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash” mavzusida yig'ilish bo'lb o'tdi. 🗣️Tadbir davomida davlat fuqarolik xizmatchilarining xizmat faoliyatida odob-axloq me’yorlariga amal qilishi, fuqarolar bilan muomala madaniyatini saqlashi, xizmat vazifalarini halollik, mas’uliyat va vijdonan bajarishi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, xodimlarga davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat mavqeidan to‘g‘ri foydalanish, jamoada o‘zaro hurmat va ishchanlik muhitini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yig‘ilish yakunida barcha xodimlarga odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish, kutubxona faoliyatida namuna bo‘lish hamda xizmat intizomini mustahkamlash vazifalari belgilandi.