#Ochiq_osmon_ostida_kutubxona

🖥2026-yil 23-iyun kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi doirasida aholi o'rtasida "Kitob va tabiat uyg'unligi" nomli kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. 🗣️Ko‘rgazmada tabiat, ekologiya, atrof-muhitni asrash, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqidagi badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘rin oldi. Yoshlar kitoblar orqali tabiatning betakror go‘zalligi, uni asrash va kelajak avlodga musaffo holda yetkazish har bir insonning muhim burchi ekanligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob mutolaasi inson qalbini boyitishi, tabiat esa hayotimizning bebaho ne’mati ekani ta’kidlandi. Ko‘rgazma yoshlarni kitob o‘qishga, ekologik madaniyatni yuksaltirishga va tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chorladi.