🖥Joriy yilning 23-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tashabbusi bilan “Kelajak” markazi xodimlari ishtirokida “Zakovatli onalar — ilm maydonida” nomli Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. 🗣️Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning bilim va tafakkur darajasini oshirish, shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar turli fanlar, adabiyot, tarix, milliy qadriyatlar va mantiqiy fikrlashga oid savollarga jamoa bo‘lib javob berdilar. Bellashuv jarayonida onalarning zukkoligi, tezkor fikrlashi va bilimga bo‘lgan qiziqishi yaqqol namoyon bo‘ldi. Qizg‘in va do‘stona muhitda o‘tgan Zakovat o‘yini ishtirokchilarga ijobiy kayfiyat, yangi bilimlar va unutilmas taassurotlar ulashdi.