2026-yil 24-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun "Jamiyat barqarorligiga tahdid" shiori ostida "Vijdon va mas'uliyat — korrupsiyaga qarshi qalqon" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri, uning oldini olishda har bir fuqaroning vijdoni, mas'uliyati va huquqiy madaniyatining o‘rni haqida tushunchalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik tamoyillariga amal qilish hamda xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga mavzuga oid videorolik namoyish etilib, unda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat va davlat rivojiga yetkazadigan zarari hamda unga qarshi kurashishda fuqarolik mas'uliyatining ahamiyati yoritib berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va adolat tamoyillariga qat'iy amal qilish zarurligi ta'kidlandi.