🖥Joriy yilning 24- iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Paxtazor" mahallasi aholisi uchun ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda navbatdagi tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida aholi kutubxonadagi fotogalareya bilan yaqindan tanishtirildi.Fotogalareya kutubxona faoliyati, unda o‘tkazilgan tadbirlar hamda erishilgan yutuqlarni keng yoritib beradi. Mazkur fotogalareyada turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari, uchrashuvlar va ko‘rgazmalardan olingan suratlar jamlangan. Bunday tadbirlar aholini kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni faol va bilimli bo‘lishga undashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.