Ko'rgazma

🖥2026-yil 22-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzadala mahallasi yoshlariga “Kitob bilan nurli kelajak sari” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🗣️Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazmada badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy hamda yoshlar tarbiyasiga oid adabiyotlar namoyish etildi. Kutubxonachilar tomonidan kitoblarning mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir davomida kitobning inson kamoloti va ma’naviy yuksalishidagi o‘rni haqida suhbat o‘tkazilib, faol ishtirokchilar tavsiya etilgan adabiyotlar bilan tanishtirildi.