🖥Joriy yilning 22-iyun kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida “Kitob – qalb va tafakkur shifokori” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🗣️Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad tibbiyot xodimlari hamda aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazmada kutubxona fondiga yangi kelib tushgan adabiyotlar, o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, shuningdek, salomatlik va sog‘lom turmush tarziga oid kitoblar o‘rin oldi. Jami 80 nusxadagi kitoblar namoyish etilib, ishtirokchilarga ular haqida batafsil ma’lumotlar berildi va mutolaa uchun tavsiya etildi. Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviy kamoloti, dunyoqarashi va kasbiy faoliyatidagi o‘rni haqida fikr almashildi.