“DIREKTOR SOVRINI – 2” LOYIHASI DOIRASIDA TANLOVNING NAVBATDAGI BOSQICHI O‘TKAZILDI Joriy yilning 22-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Direktor sovrini – 2” loyihasi doirasida kitobxonlar o‘rtasida tanlovning navbatdagi bosqichi yakunlandi. 🗣️Tanlovda umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda faol kitobxonlar ishtirok etib, belgilangan asarlar yuzasidan o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar ikki shart bo‘yicha bellashib, asarlarning mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi, qahramonlar xarakteri hamda muallifning badiiy mahorati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Har bir ishtirokchining chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan shaffoflik va adolat tamoyillari asosida baholab borildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘oliblar quyidagicha aniqlandi: 🥇 1-o‘rin — 20-maktab o‘quvchisi Abduvoitova Fotima 🥈 2-o‘rin — 9-maktab kutubxonachisi Xolmurodova Muhayyo 🥉 3-o‘rin — Mirzayeva Gulbahor Tanlov g‘oliblari Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar. Mazkur loyiha kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kitobsevarlar safini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan kelgusida ham shunday ma’rifiy va innovatsion loyihalarni muntazam ravishda tashkil etish rejalashtirilgan.