#Bibliografik_sharh

🗓2026-yil 21-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 79 yilligi munosabati bilan “She’riyat va matonat kuychisi” nomli bibliografik sharh tashkil etildi. ✔️Sharh davomida o‘quvchilarga shoira hayoti va ijodi, uning oʻzbek adabiyotiga qo‘shgan munosib hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, adibaning Vatanga muhabbat, ona, ayol qalbi, sadoqat va insoniy fazilatlarni tarannum etuvchi she’rlari haqida bibliografik tavsiyalar berilib, kutubxona fondidan o‘rin olgan asarlari targ‘ib qilindi.