🖥2026-yil 19-may kuni Mirzachoʻl tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Toshkent” mahallasida joylashgan 6-maktabda koʻchma kutubxona adabiyotlari yangilanib, sayyor tadbir tashkil etildi. ✅Tadbir davomida oʻquvchilarga mutolaaning inson hayotidagi oʻrni, kutubxona faoliyati va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish yuzasidan suhbatlar oʻtkazildi. ✔️Tadbir oʻquvchilarni dunyoqarashini kengaytirish va mutolaaga boʻlgan mehrini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.