2026-yil 12-may kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 5-maktab kutubxonasiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif buyurildi. Tashrif davomida kutubxonaning ish yuritish faoliyati, hujjatlarning yuritilishi, kitob fondining saqlanish holati hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari o‘rganildi. Inventar kitobi, kitobxonlar formulyarlari va boshqa zarur hujjatlar belgilangan tartib asosida yuritilmoqda. Kutubxona fondi tartibli joylashtirilgan bo‘lib, adabiyotlardan foydalanish uchun qulay sharoit yaratilgan.