Kitob burchagi

📚Joriy yilning 8-may kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab “Qahramonlar xotirasi qalbimizda mangu” nomli burchak tashkil etildi. 🔰Ushbu burchak orqali Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi yoʻlida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz xotirasi yod etildi. Tashkil etilgan burchakdan urush yillarini aks ettiruvchi kitoblar, tarixiy maʼlumotlar, suratlar hamda vatanparvarlik ruhidagi adabiyotlar oʻrin oldi. 🔰 Tadbir davomida kitobxonlarga yurt tinchligi, ajdodlar jasorati va inson qadri haqida tushunchalar berilib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratildi. ✅Xotira va qadrlash kuni — oʻtmishni yod etish, qahramonlar jasoratini eʼzozlash hamda tinchlikning qadriga yetishga chorlovchi muhim sana ekanligi taʼkidlandi.