#Xotira_va_qadrlash_kuni

💐9-may — Xotira va qadrlash kuni: Ona haykali poyiga gul qo‘yildi 🖥Joriy yilning 8-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira muqaddas, qadr abadiy" nomli tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda xalqimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yodga olindi. Ona siymosi orqali Vatanga muhabbat, sabr-toqat va fidoyilik kabi yuksak qadriyatlar yana bir bor ulug‘landi.