Zakovat

🖥Joriy yilning 7-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan 18-maktab o‘quvchilari ishtirokida Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bilim darajasini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Zakovat o‘yini davomida ishtirokchilar turli fanlar, tarix, adabiyot va zamonaviy bilimlar bo‘yicha savollarga javob berib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Faol qatnashgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi. Mazkur tadbir yoshlar orasida sog‘lom raqobat, jamoaviylik va intellektual rivojlanishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.