Davra suhbati

📖 Mirzachoʻl tumani IIB rahbariyati hamda Mirzachoʻl tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari hamkorligida yoshlarning bilim va tafakkurini yuksaltirish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Rahbar va yoshlar intellektual nonushtasi” tadbiri tashkil etildi. ✨ Tadbir davomida yoshlar samimiy muhitda rahbarlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻldilar. Intellektual nonushta jarayonida kitobxonlikning inson hayotidagi oʻrni, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashning ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi. ✔️ Shuningdek, Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan yoshlar uchun tavsiya etiladigan badiiy va ilmiy adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil qilinib, mutolaaning inson tafakkurini boyitishdagi oʻrni haqida tushunchalar berildi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar va rahbarlardan kerakli tavsiyalar oldilar.