Koʻchma kutubxona

Joriy yilning 5-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumida ko‘chma kutubxona faoliyati doirasida sayyor tadbir tashkil etildi. Tadbir jarayonida ko‘chma kutubxona fondi yangi va dolzarb adabiyotlar bilan boyitilib, o‘quvchi-yoshlar e’tiboriga havola etildi. Mazkur tadbirda kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni mutolaaga keng jalb etish maqsad qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga “Direktor sovrini – 2” loyihasi haqida batafsil ma’lumot berilib, uning maqsad va vazifalari tushuntirildi. Loyiha doirasida faol kitobxonlarni aniqlash, rag‘batlantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi. ✔️Tadbir davomida targ‘ibot ishlari olib borilib, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasining ahamiyati, ma’naviy barkamollikni shakllantirishdagi o‘rni keng yoritildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.Joriy yilning 5-may kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumida ko‘chma kutubxona faoliyati doirasida sayyor tadbir tashkil etildi. Tadbir jarayonida ko‘chma kutubxona fondi yangi va dolzarb adabiyotlar bilan boyitilib, o‘quvchi-yoshlar e’tiboriga havola etildi. Mazkur tadbirda kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni mutolaaga keng jalb etish maqsad qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga “Direktor sovrini – 2” loyihasi haqida batafsil ma’lumot berilib, uning maqsad va vazifalari tushuntirildi. Loyiha doirasida faol kitobxonlarni aniqlash, rag‘batlantirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi. ✔️Tadbir davomida targ‘ibot ishlari olib borilib, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasining ahamiyati, ma’naviy barkamollikni shakllantirishdagi o‘rni keng yoritildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.